Hurmatli korxona (tashkilot, muassasa)lar rahbarlari!
Respublikamizda koronavirus (COVID–19) tarqalishiga qarshi qo‘llanilayotgan chora-tadbirlar sababli, Davlat statistika qo‘mitasi shuni ma'lum qiladiki, 1-xarajat “2019- yil uchun korxonaning mahsulotlar (tovarlar, ishlar va xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini kuzatish so‘rovnomasi”ni topshirish muddati joriy yilning 15- avgustigacha uzaytirildi.
Sizdan mazkur statistik kuzatuv so‘rovnomalarini to‘liq, to‘g‘ri va o‘z vaqtida taqdim etishingizni hamda mamlakatimiz iqtisodiy ko‘rsatkichlarining sifatli shakllantirilishida o‘z hissangizni qo‘shishingizni so‘raymiz.
Axborot xizmati