16/07/2020

Joriy yilning 15- iyul kuni Davlat statistika qo'mitasida Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi  xodimlari hamda Jahon banki ekspertlari William Seitz va Avralt-Od Purevjav ishtirokida vebinar tashkil etildi.


Vebinarda Jahon banki tamonidan tavsiya etilgan savolnomalar asosida 2020- yil davomida sinov tariqasida uy xo'jaliklarida planshetlar yordamida o'tkazilgan tanlama kuzatuvlar natijalari batafsil muhokama qilindi.

Shuningdek, Jahon bankining ekspertlari 2021- yilda planshetlar orqali kuzatish rejalashtirilayotgan uy xo'jaligi tanlama kuzatuvi savolnomalarini takomillashtirish bo'yicha o'zining kerakli tavsiyalarini berdi.

Vebinar munozara va fikr-mulohaza almashish shaklida bo'lib o'tdi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech