10/07/2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan, Xolmurodov Dilshod Ibragimovich Davlat statistika qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Bungacha D. Xolmurodov Markaziy bankning Statistika va tadqiqotlar departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.  

Eslatib o’tamiz, 2010 - yilning may oyidan buyon Davlat statistika qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida Mirusmanov Boxodir Mirxosilovich ishlab kelgan.

Davlat statistika qo‘mitasi jamoasi Mirusmanov Boxodir Mirxosilovichning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilaydi.

 

Axborot xizmati