10/07/2020

O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining 2020- yilgi  “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosi yuzasidan onlayn tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Davlat statistika qo'mitasi Ochiq ma`lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig'i Akrom Sultonov ham qatnashdi.

Onlayn muloqot davomida Davlat dasturining o‘ziga xos jihatlari, yarim yillik ijrosi natijalari, pandemiya sababli bajarilmay qolgan bandlar, hali muddati kelmagan vazifalar muhokama qilindi hamda ularni samarali amalga oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

Tadbirda ochiq ma'lumotlar, O'zbekiston Respublikasining Ochiq ma'lumotlar portali va davlat statistika organlari faoliyati bilan bog'liq masalalar haqida ham so‘z yuritildi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech