10/07/2020

Joriy yilning 9-iyul kuni Davlat statistika qo‘mitasi Narxlar statistikasi boshqarmasi xodimlari, Osiyo Taraqqiyot banki ekspertlari hamda mutasaddi vazirliklar vakillari ishtirokida videokonferensiya orqali yig’ilish tashkil etildi.


Tadbirda ishtirokchilar uy-joy narxlari indekslarini shakllantirish masalalari bo‘yicha fikr-mulohaza almashdi. Uy-joy narxlari kuzatuvlarini tashkil etish, narxlar indeksini shakllantirish borasida Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma'lumotlar berildi.

Shuningdek, uy-joy narxlari indeksi to‘g‘risidagi ma'lumotlar sifatini yanada oshirish, kuzatuvlar namunalarini kengaytirish bo‘yicha Osiyo taraqqiyot banki ekspertlari hamda manfaatdor vazirliklar mutaxassislari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazildi.

Ekspertlar respublikada uy-joy bozorida narxlar monitoringi tashkil etilishini baholadilar va ma'lumotlar hajmini batafsillashtirish va kengaytirish masalalari bo'yicha o'z fikrlarini bildirdilar.

.       

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech