Joriy yilning 9- iyul kuni Davlat statistika qo‘mitasida viloyat statistika boshqarmalarining Narx statistikasi bo‘limi, tuman va shahar statistika bo‘limlarining narxlarni ro‘yxatga oluvchi xodimlari ishtirokida vebinar tashkil etildi.
Vebinarda narx kuzatuvlarini sifatli o‘tkazishning asosiy tamoyillari, kuzatuvlarni tashkil etishda e'tibor berilishi lozim bo‘lgan muhim masalalar to‘g‘risida batafsil tushuntirish berildi.
Shuningdek, pandemiya sharoitida iste'mol narxlari indeksi kuzatuvlarini to‘g‘ri o‘tkazish, xususan, kuzatuvlarni tashkil etish bo‘yicha tasdiqlangan vaqtinchalik tartib yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Tadbir savol-javob tarzida, hududiy statistika idoralari xodimlarining faol ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Axborot xizmati