07/07/2020

2020- yilning 7- iyul kuni “2022- yilda aholini ro‘yxatga olish dasturi va savolnomasi” loyihasini muhokama qilishga bag‘ishlangan vebinar o‘tkazildi.


Ushbu onlayn ravishda tashkil etilgan tadbir MDHning Statistika qo‘mitasi hamkorligida bo‘lib o‘tdi. Vebinarda MDHning Statistika qo‘mitasi vakillari hamda Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi xodimlari ishtirok etdi.

Vebinarda MDHning Statistika qo‘mitasi raisi V.L. Sokolin 2022- yilda aholini ro‘yxatga olish dasturi va savolnomasi loyihasi tarkibidagi savollarni tahlil qilib, savolnomalarni to‘ldirish va qayta ishlashdagi qiyinchiliklarni inobatga olgan holda savollar ro‘yxatini qisqartirish kerakligi to‘g’risida o‘z takliflarini berib o‘tdi.

Tadbir davomida 2022- yilda aholini ro‘yxatga olish dasturi va savolnomasi loyihasini takomillashtirish yuzasidan fikr-munozaralar bildirildi.

Axborot xizmati