Joriy yilning 2-iyul kuni “2022-yilda aholini ro‘yxatga olish dasturi va savolnomasi” loyihasini muhokama qilishga bag’ishlangan vebinar bo’lib o’tdi.
Ushbu tadbir MDHning Statistika qo’mitasi hamkorligida tashkil etildi. Vebinarda MDHning Statistika qo’mitasi xodimlari hamda Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi xodimlari ishtirok etdi.
Vebinarni qo'mita raisining o'rinbosari M. Ziyadullayev kirish so’zi bilan ochib berdi. Vebinarda MDHning Statistika qo’mitasi raisi V.L. Sokolin 2022-yilda aholini ro‘yxatga olish dasturi va savolnomasi loyihasi tarkibidagi savollarni tahlil qilib, savolnomalarni to’ldirish va qayta ishlashdagi qiyinchiliklarni inobatga olgan holda savollar ro’yxatini qisqartirish kerakligi to’g’risida o’z takliflarini berib o’tdi.
Tadbir davomida 2022- yilda aholini ro‘yxatga olish dasturi va savolnomasi loyihasini takomillashtirish yuzasidan bahs-munozaralar bo’lib o’tdi.
Axborot xizmati