Joriy yilning 30- iyun kuni aholini ro‘yxatga olish masalalariga bag’ishlangan vebinar bo’lib o’tdi.
Ushbu tadbir Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida tashkil etildi. Vebinarda 25 dan ortiq ishtirokchilar, xususan xalqaro tashkilotlar vakillari, Italiya, Chexiya, Estoniya davlatlari ekspertlari, tegishli vazirlik va idoralar vakillari hamda qo’mitaning markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.
Vebinarni qo'mita raisining o'rinbosari M. Ziyadullayev kirish so’zi bilan ochib berdi. Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig’i Q. Berdiqulov so’zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik jarayonida amalga oshirilgan ishlar va kelgusida bajarilishi lozim bo’lgan vazifalar to’g’risida batafsil ma’lumot berdi.
Shuningdek, xalqaro ekspertlar tomonidan aholini ro‘yxatga olishni rejalashtirish, uning strategiyasi va vaqtinchalik smeta xarajatlarini tuzish, aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlarini qayta ishlash texnologiyasi masalalari yuzasidan ma’ruzalar qilindi.
Tadbir so’nggida xalqaro ekspertlar va qo’mita markaziy apparati xodimlari o’rtasida aholini ro‘yxatga olish masalalari yuzasidan qizg’in bahs-munozaralar bo’lib o’tdi.
Axborot xizmati