30/06/2020

Mamlakatimizda bugun – Yoshlar kuni! Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ushbu sana munosabati bilan barcha O‘zbekiston yoshlarini tabrikladi.

Davlatimiz rahbari o‘z tabrigida “Yoshlar – kelajagimiz” dasturi doirasida yosh avlod vakillarining 7 ming 775 ta biznes loyihasiga 1 trillion 635 milliard so‘mdan ziyod imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilib, shu asosda 40 mingga yaqin yangi ish o‘rni tashkil etilganini alohida qayd etdi.

Yurtimizda 2017- yildan buyon 30- iyun – Yoshlar kuni sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Davlat statistika qo‘mitasida ham Yoshlar kunini munosib nishonlash maqsadida turli tadbir va loyihalar o‘tkazilmoqda. Ularning mehnat qilishi, kasbiy salohiyatini oshirishi uchun barcha shart-sharoit yaratilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi jamoasi statistika tizimida faoliyat yuritayotgan barcha yoshlarni bayram bilan samimiy qutlaydi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech