29/06/2020

2020- yil 26- iyun kuni Davlat statistika qo‘mitasida Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasi va Yuridik bo‘lim tomonidan hududiy statistika boshqarmalari xodimlari uchun ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishda qonuniylikni ta'minlash yuzasidan onlayn o‘quv-seminar o‘tkazildi.


Vebinarda dastlab, statistika sohasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi bayonnomalarni rasmiylashtirish, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha batafsil to‘xtalib o‘tildi.

Shundan so‘ng, Yuridik bo‘lim boshlig‘i Qodir Musayev ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishda qonuniylikni ta'minlash borasida atroflicha ma'lumot berdi.

Tadbir yakunida mavzu yuzasidan berilgan savollarga mutaxassislar batafsil javob qaytardi. Hududiy statistika boshqarmalari xodimlariga amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalar berildi.

Axborot xizmati