26/06/2020

2020-yilning 26- iyun kuni Davlat statistika qo‘mitasi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamkorligida navbatdagi videokonferensiya o‘tkazildi.

Mamlakatimizning turli hududlaridan onlayn ulangan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori boshchiligidagi professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar va talabalarga Davlat statistika qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan navbatdagi vebinar tashkil qilindi.

Unda Davlat statistika qo‘mitasi Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi boshligʼi Umarov Akmal Rustamovich “O’zbekiston Respublikasida xizmatlar sohasining rivojlanishi” mavzusida batafsil ma’lumot berdi.

Ma'ruzachining qayd etishicha, 2020- yil yanvar-may oylarida ko'rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 80 345,0 mlrd. so’mga yetdi. Uning nominal hajmi bor yo’g’i 5 658,7 mlrd. so'mga oshdi. Taqqoslama ekvivalentda, o'tgan yilning shu davriga nisbatan o'sish sur'ati 97,9 % ni tashkil etdi.

Ko'rsatilgan bozor xizmatlari jami hajmining pasayishiga asosiy omil bo’lib, transport xizmatlarining 11,7 % ga (ularning salbiy ta'siri 13,3 punktga), savdo xizmatlari 5,3 % ga (-6,5 punktga), yashash va ovqatlanish xizmatlari 18,0 % ga (-2,3 punktga), ko'chmas mulk bilan bog'liq xizmatlar 18,3 % ga (-2,2 punktga), sog'liqni saqlash sohasidagi xizmatlar 18,0 % ga shuningdek, ijara xizmatlarining 15,1 % ga pasayishi (1,2 punktga) salbiy ta'sir ko'rsatdi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari mavzu yuzasidan savollar berishdi. Savollarga qo‘mita mutaxassislari atroflicha javob berdi.

Bugungi pandemiya sharoitida hamda mamlakatimizning raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratayotgan e'tiborini inobatga olgan holda tashkil etilayotgan mazkur vebinar muhim ahamiyatga ega. Shundan kelib chiqib, professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar va talabalar uchun bu kabi amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan onlayn uchrashuvlar doimiy o‘tkazib kelinmoqda.

Mazkur videokonferensiyaning to‘liq tavsilotlarini qo‘mitaning “Youtube”dagi rasmiy sahifasida kuzatishingiz mumkin.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech