Joriy yil 25- iyun kuni Davlat statistika qo‘mitasida “Statistika sohasiga ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish” mavzusida onlayn o‘quv-seminar o‘tkazildi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda qo‘mita rahbariyati va hududiy statistika boshqarmalari vakillari ishtirok etdi.
Videoseminar avvalida ishtirokchilar 2020-yilning 1- iyun kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda davlatimiz rahbari tomonidan statistika tizimini takomillashtirish, sohada mutaxassis-kadrlar salohiyatini oshirish yuzasidan berilgan topshiriqlar xususida to‘xtalib o‘tdi.
Shundan so‘ng, Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ziyayev Zoxidjan Muratovich ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish masalalari hamda statistic hisobotlarni qabul qilishning web-texnologiyaga asoslangan Estat-4 tizimi bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi.
Tadbirda, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmasi boshlig‘i Shohruh Odilov Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri ma'lumotlarini elektron to‘lov tizimlari orqali o‘rnatilgan tartibda sotish imkoniyatini beruvchi axborot tizimidan foydalanish haqida so‘z yuritdi.
Shuningdek, vebinarda qo‘mitaning yangi rasmiy veb-saytini ishlab chiqish holati, AKT sohasida keng qo‘llaniladigan asosiy atamalar, dasturiy ta'minotlar bo‘yicha ham to‘xtalib o‘tildi.
Axborot xizmati