25/06/2020

2020-yilning 25-iyun kuni BMT Aholishunoslik jamg’armasi hamkorligida Aholini ro’yxatga olishni o’tkazishga ko’maklashishni muvofiqlashtiruvchi hamkorlar ishtirokida onlayn videokonferensiya bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasidagi chet el elchixonalari, bir qator xalqaro tashkilotlar vakillari hamda Davlat statistika qo'mitasi xodimlari qatnashdi.

Videokonferensiya davomida Davlat statistika qo’mitasi xodimlari tomonidan aholini ro’yxatga olish bo’yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar doirasida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda qilingan va rejalashtirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Ishtirokchilar Aholini ro’yxatga olishga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish yuzasidan kelgusidagi hamkorlik yo’nalishlari haqida fikr-mulohaza almashdi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech