24/06/2020

2020- yilning 24- iyun kuni BMT Taraqqiyot Dasturi hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyihalarni boshqarish milliy agentligi hamkorligida "Davlat boshqaruvi va raqamli transformatsiyani samarali rivojlantirishga ko'maklashish" nomli qo'shma loyihasi yakunlanlariga bag'ishlangan onlayn videokonferensiya bo'lib o'tdi.


Onlayn videokonferensiyada O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi Ochiq ma'lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig'i Akrom Sultonov ham ishtirok etdi.

Videokonferensiya davomida loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Ishtirokchilar "Davlat boshqaruvi va raqamli transformatsiyani samarali rivojlantirishga ko'maklashish" qo'shma loyihasi yuzasidan fikr-mulohaza almashdi.

Axborot xizmati