24/06/2020

Joriy yil 1- iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilishda davlatimiz rahbari tomonidan statistika tizimini takomillashtirish, kadrlar salohiyatini oshirish yuzasidan qator topshiriqlar berilgan edi.

Mazkur topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida Davlat statistika qo‘mitasi tizimidagi kadrlarning kasbiy bilim va salohiyatini boyitish, bugungi pandemiya sharoiti bo‘lishiga qaramay, onlayn o‘quv-seminarlarini tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

2020-yil 24-iyun kuni Davlat statistika qo‘mitasida o‘tkazilgan navbatdagi videoseminar “Korxona va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritish tamoyillari”  mavzusiga bag‘ishlandi. Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko`rsatish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda qo‘mita rahbariyati va hududiy statistika boshqarmalari vakillari qatnashdi.

Videoseminarda Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi Rаisi o`rinbosari Ziyayev Zoxidjan Muratovich hamda qo‘mitaning Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko`rsatish boshqarmasi boshlig‘i Nurbek Sheraliyev mavzu yuzasidan atroflicha ma'lumot berdi.

Jumladan, ma’ruzachilar korxona va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritish, yagona davlat registrini yuritishda qatnashadigan tashkilotlarning funksiyalari haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko`rsatish boshqarmasi boshlig‘i Nurbek Sheraliyev korxona va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritishda foydalanuvchilarga axborot-ma'lumotnoma xizmati ko‘rsatish tartibi bo‘yicha atroflicha ma'lumot berdi.

Seminarda hududiy statistika boshqarmalari xodimlariga qo‘mita mutaxassislari tomonidan amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalar berildi.

 Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech