22/06/2020

2020- yil 22- iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan Jahon banki ko‘magida “Ochiq ma'lumotlar bo‘yicha ishchi guruh salohiyatini oshirish” mavzusida vebinar bo‘lib o‘tdi.

Vebinar davomida dunyoda pandemiyaga qarshi kurash bo‘yicha ochiq ma'lumotlarga asoslangan yechimlar va O‘zbekistonda amalga oshirilgan harakatlar, shuningdek, depersonalizatsiyalash va anonimlashtirish bo‘yicha mahorat darslari bo‘yicha taqdimotlar taqdim etildi.

Jahon banki ekspertlari turli davlat tuzilmalari, xususiy sektor va ilmiy doiralar vakillari bilan ochiq ma'lumotlar va ma'lumotlar qanday ta'sir ko‘rsatishi va davlatlar uchun iqtisodiy imkoniyatlar yaratishi haqida suhbatlashdi. Ekspertlar O‘zbekistonda hukumat, xususiy sektor, fan va akademiya, shuningdek, tadbirkorlik istiqbollari haqida so‘zlab berdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Ochiq ma'lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig'i Akrom Sultanov, Jahon bankining raqamli rivojlanish bo‘yicha katta mutaxassisi Oleg Petrov, Innovatsiya bo‘yicha mintaqaviy elchi, Jahon banki maslahatchisi Saida Yusupova so‘zga chiqdi.

 

Quyidagi ekspertlarning ma'ruzalari tinglandi:

* Vlad Manoyl, elektron hukumat agentligi bosh mutaxassisi, Jahon banki maslahatchisi;

* Ivan Fost, Rossiya Federatsiyasi hukumati tahlil markazi bo‘yicha mutaxassis;

* Yuriy Linkov, raqamli Iqtisodiyot byurosi direktori;

* Stela Lyuka, Jahon banki maslahatchisi;

* Viktoriya Babaxodjaeva, Jahon banki maslahatchisi;

* Xushnud Sapayev, Jahon banki maslahatchisi.

Muhokamadan so‘ng ishtirokchilar “Ma'lumotlarni depersonalizatsiya qilish” va “Ochiq ma'lumotlar uchun metama’lumot” kabi dolzarb mavzularga bag'ishlangan seminarlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bundan tashqari, ma'lumotlarni anonimlashtirish va ochiq ma'lumotlar bilan ishlashni soddalashtirish uchun metadata ishlatishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan usullar haqida ma'lumot berildi.

Axborot xizmati