22/06/2020

Joriy yilning  22- iyun kuni Shveytsariyaning  Jeneva shahrida  videokonferensiya shaklida Yevropa statistiklari konferensiyasining 68-yalpi majlisi (CES) o'z ishini boshladi.

Ma’lumot o’rnida eslatib o’tish joizki, CES dunyodagi  nufuzli statistik tashkilotlardan  biri bo’lib, 1953- yilda tashkil etilgan.

Tadbirda, Davlat statistika qo'mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligida tarmoq boshqarma boshliqlari ham onlayn tarzda ishtirok etdi.

22-24 - iyun kunlari bo'lib o'tadigan CES yig’ilishining kun tartibida  CES yangi yo'riqnomalari va tavsiyalari,  2020 va 2021- yillarda BMT YEIK statistika dasturlari delegatlar tomonidan ko'rib chiqiladi.

Shuningdek, globallashuv va iqtisodiy statistikaning kelajagi, raqamli transformatsiyani o'lchash, o'zgarayotgan  dunyoda NSO ma'lumotlarini boshqarish va boshqa ko'plab mavzular ko’rib chiqiladi.

CES ishtirokchilari xalqaro statistika standartlarini ko'rib chiqib, tasdiqlaydilar hamda ilg'or xalqaro amaliyot va statistika sohasidagi so'nggi tavsiyalar va yutuqlar bilan tanishadilar.

Tadbir yakunida 2021- yilga mo'ljallangan CES ning  ish rejasi, CES ning  amaliy tavsiyalari ishlab chiqiladi, bu milliy statistika institutlari faoliyatini strategik rejalashtirish uchun asos bo'lib xizmat qiladi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech