O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-apreldagi hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va kambag‘allikni qisqartirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida qator topshiriqlar berilgan edi. Mazkur topshiriqlarning ijrosini ta'minlash maqsadida, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan maqsadli va manzilli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Avval xabar berib o’tganimizdek, tajriba tariqasida Andijon viloyatining Xonabod shahrida yashovchi aholini to‘liq qamrab olgan holda kambag‘allik darajasini o‘rganish bo‘yicha kuzatuvlar tashkil etildi.
Shu yilning 20-mayidan boshlab, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida ham aholini to‘liq qamrab olgan holda kambag‘allik darajasini o‘rganish bo‘yicha kuzatuvlar o‘tkazilmoqda.
Kuzatuvlar davomida Davlat statistika qo‘mitasi hamda Toshkent viloyat statistika boshqarmasi xodimlari tomonidan aholiga so‘rovnomalarni xato va kamchiliklarsiz to‘ldirish bo‘yicha ma'lumotlar berib borilayapti.
Belgilangan topshiriqlar ijrosi ta'minlash maqsadida Davlat statistika qo‘mitasining Demografiya va mehnat statistika boshqarmasi va Toshkent viloyat statistika boshqarmasi rahbarlari hamkorlikda Yuqori Chirchiqda o’tkazilayotgan kambag‘allik darajasini o‘rganish bo‘yicha kuzatuv jarayoni va natijalarini nazorat qilib bormoqda.
Kuzatuv natijalari bo’yicha ma’lumotlar bilan tanishtirib boramiz.
Axborot xizmati