19/06/2020

2020- yilning 19- iyun kuni Davlat statistika qo‘mitasida kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha navbatdagi onlayn o‘quv-seminari o‘tkazildi. Bu galgi vebinar Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi tomonidan tashkil etildi.

Vebinarda, qo‘mita rahbariyati hamda hududiy statistika boshqarmalari xodimlari ishtirok etdi.

Unda demografiya va mehnat statistikasiga oid asosiy tushunchalar, mehnat resurslari balansini hamda demografik ko‘rsatkichlarni hisoblash uslublari haqida ma’lumot berildi.

Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Qobil Berdiqulov o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi hisobi, joylarda birlamchi hujjatlar bilan ishlash, ulardagi ko‘rsatkichlarni tekshirish, jamlash va hisobot yig‘ish davrida nimalarga e’tibor qaratish lozimligi yuzasidan batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir davomida shu yil 1- iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilishda davlatimiz rahbari tomonidan statistika tizimini takomillashtirish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha ham so‘z yuritildi.

Seminarda mavzu yuzasidan fikr almashinib, berilgan savollarga batafsil javob berildi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech