19/06/2020

2020- yil 22- iyun kuni soat 14:00–17:00da O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi tomonidan Jahon banki ko'magida ochiq ma'lumotlar bo'yicha ishchi guruhining salohiyatini oshirishga qaratilgan vebinar tashkil etiladi.

Ayni pandemiya davrida dunyo bo'ylab COVID–19 pandemiyasiga qarshi kurashishda rasmiy ma'lumotlarning, ochiq ma'lumotlarning e’lon qilinishi, kasallik oqibatlarini keng jamoatchilikka yetkazishda muhim ahamiyatga ega.

Vebinar davomida dunyoda pandemiyaga qarshi kurashish bo'yicha ochiq ma'lumotlarga asoslangan yechimlar hamda O'zbekistonda amalga oshirilgan harakatlar bo'yicha taqdimot namoyish etiladi. Taqdimotda davlat, xususiy sektor va nodavlat tashkilotlarining sog'liqni saqlash, mehnat, biznesni qo'llab-quvvatlash, ta'lim va boshqa tashabbuslari, global pandemiya davrida qaror qabul qilishda ochiq ma'lumotlarning ahamiyati haqida fikr bildiriladi.

Jahon banki ekspertlari, shuningdek, turli davlat tuzilmalari, xususiy sektor va ilmiy doiralar vakillari tomonidan ochiq ma'lumotlar va ularning ta'sir ko'rsatishi hamda davlatlar uchun iqtisodiy imkoniyatlar yaratishi haqida suhbat o'tkaziladi.

Ekspertlar O'zbekistonda hukumat, xususiy sektor, fan va akademiya, shuningdek, tadbirkorlik istiqbollari haqida so'z yuritadi.

Muhokamadan so'ng ishtirokchilar “Ma'lumotlarni depersonalizatsiya qilish” va “Ochiq ma'lumotlar uchun metama’lumot” kabi dolzarb mavzularga bag'ishlangan onlayn seminarlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ladi. Ma'lumotlarni anonimlashtirish va ochiq ma'lumotlar bilan ishlashni soddalashtirish uchun metama’lumotdan foydalanishda qo'llanilishi mumkin bo'lgan usullar haqida axborot beriladi.

Vebinarda quyidagi havola orqali ishtirok etish mumkin:

https://worldbankgroup.webex.com/worldbankgroup/j.php?MTID=mcb014d9aea6b9dda27cbb17abd9ad31a

 

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech