18/06/2020

O'zbekiston Respublikasining “Davlat statistikasi to'g‘risida”gi qonuni va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 20- fevraldagi
“2020- yil uchun Davlat statistika ishlari dasturini tasdiqlash to'g‘risida”gi 105-son qaroriga muvofiq, 2021- yil uchun davlat statistika kuzatuvlari shakllarini yanada takomillashtirish maqsadida, Davlat statistika qo’mitasining 38-sonli buyrug‘i qabul qilindi.

Ushbu buyruqqa binoan, joriy yilning 15- iyunidan 1- iyuligacha bo'lgan muddatda, hisobot taqdim etuvchi subyektlar o'rtasida tanlanma kuzatuv o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Mazkur tanlanma kuzatuvda 2020- yil uchun davlat statistika hisobotlari shakllarining mazmuni hisobot beruvchi subyektlarni qay darajada qoniqtirishi yoki ularning talablariga mos kelishi o'rganiladi.  

Sizning korxonangiz mazkur kuzatuvga tasodifiy ravishda tanlab olindi (kuzatuvga tushgan korxonalar ro’yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin).

Shu munosabat bilan, Sizdan kuzatuv so‘rovnomasini Internet tarmog‘idan foydalangan holda statistik hisobotlarni elektron shaklda yig‘ish tizimi
(“eStat 3.0”) orqali to‘ldirib, joriy yilning 1-iyuliga qadar taqdim etishingizni so‘raymiz.

Sizning taklif va mulohazalaringiz umumlashtirilgan holda davlat statistika hisoboti va kuzatuvi shakllarini takomillashtirishda foydalaniladi.

Shu munosabat bilan, Sizdan mazkur statistik kuzatuv so‘rovnomalarini to’liq va xolis taqdim etishingizni hamda mamlakatimiz iqtisodiy ko‘rsatkichlarining sifatli shakllantirilishida o‘z hissangizni qo‘shishingizni so‘raymiz.

 Kuzatuv yuzasidan ma’lumot olish uchun aloqa ma’lumotlari

1-KB (yillik) va 1-korxona (yillik) shaklini topshiruvchilar uchun Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi boshqarmasi 71-202-80-75 (41)(73).

1-notijorat (yillik) shaklini topshiruvchilar uchun Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi 71-202-80-69 (71), 71-202-81-30.

1-FX (yillik, yilda ikki marta) shaklini topshiruvchilar uchun Qishloq xo`jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi 71-202-80-51(53), 71-202-81-11.

1-xizmat (yillik) shaklini topshiruvchilar uchun Xizmatlar sohasi statistikasi boshqarmasi 71-202-80-59 (61), 71-202-81-19.

1-sanoat (yillik) shaklini topshiruvchilar uchun Sanoat statistikasi boshqarmasi 71-202-80-46 (47), 71-202-81-07.

1-savdo (yillik) shaklini topshiruvchilar uchun Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi 71-202-80-42(45), 71-202-81-04.

 

Hamkorligingiz uchun oldindan tashakkur!

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech