Joriy yil 1- iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari boʻyicha oʻtkazilgan yigʻilishda davlatimiz rahbari tomonidan statistika tizimini takomillashtirish, kadrlar salohiyatini oshirish yuzasidan qator topshiriqlar berilgan edi.
Mazkur topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan statistika tizimi xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirish maqsadida muntazam ravishda o‘quv-seminarlari o‘tkazilmoqda.
Joriy yilning 18-iyun kuni tashkil etilgan navbatdagi vebinar ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari va tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi hisobotlarini shakllantirish masalasiga bag‘ishlandi.
Tadbirda Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati va hududiy statistika boshqarmalari vakillari ishtirok etdi. Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Agzam Ikramov hamda Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Ma’murjon Satimov mavzu yuzasidan batasil ma'lumot berdi.
Xususan, tadbirkorlik subyektlarining statistik hisobotlarida moliyaviy ko‘rsatkichlarni shakllantirish tartibi, tadbirkorlik subyektlari faoliyati bo‘yicha tanlanma kuzatuvlarini o‘tkazish usullari bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tildi.
Bundan tashqari, kichik biznes bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlarning shakllantirilishi va ularning tahlili haqida atroflicha tushuntirish berildi.
Vebinarda hududiy statistika boshqarmalari xodimlariga amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalar berildi.
Axborot xizmati