18/06/2020

Serquyosh zaminimizda yetishtirilgan qovun mahsulotlari  xorijiy bozorlarda katta talabga ega.

Joriy yilning 1- iyun holatiga ko‘ra, qiymati 264,1 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan 342,5 tonna qovun mahsuloti xorijga eksport qilindi.

Eksport qilingan jami qovunlarning 186,6 tonnasi may oyida amalga oshirilgan. Bu ulush joriy yilda yetishtirilgan yangi qovunlar hissasiga to‘g‘ri keladi. 

Ayni kunga qadar o‘zbek qovuniga Rossiya, Qirg‘iz Respublikasi, Qozog‘iston va Tojikiston davlatlari bozorlarida talab yuqori bo‘lmoqda.

E’tiborlisi, 2020- yilning 1- iyun holatiga ko‘ra, 159,0 tonna qovun Rossiyaga eksport qilingan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 154,5 tonnaga ko‘p.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech