17/06/2020

2020- yil 1- iyun holatiga ko‘ra, eksport qilingan gilos mahsulotlariga e'tibor qaratadigan bo‘lsak, 48 million AQSh dollariga teng bo‘lgan jami 23,5 ming tonna gilos mevasi 11 ta xorijiy mamlakat bozorlarida sotildi.

Bugungi pandemiya sharoitida bu ijobiy holat. Ushbu mamlakatlar orasida Qozog‘iston 12,4 ming tonna, Rossiya 6,7 ming tonna, Qirg‘iz Respublikasi 4,1 ming tonna bilan yuqori ulushga ega bo‘ldi.

E'tiborlisi, so‘nggi yillarga qaraganda bu yil o‘zbek gilosi Koreya va Tailand davlatlariga ham eksport qilindi. Joriy yilning 1- iyun holatiga ko‘ra, Koreya Respublikasida 51,8 tonna mahsulot 206,8 ming AQSh dollariga sotilgan.

2020- yil 1- iyun holatiga ko‘ra, eksport qilingan gilos mahsulotining davlatlar kesimi bo‘yicha ma'lumot

Davlat nomi   Tonna   Ming AQSh dollari   O‘tgan yilning mos davriga nisbatan (%)  
1 Qozog‘iston   12 360,7 17 740,4 2 б.
2 Rossiya Federatsiyasi   6 672,1 11 234,3 4 б.
3 Qirg‘iz Respublikasi 4 132,0 18 070,0 103,6
4 Koreya Respublikasi   51,8 206,8 -
5 Xitoy   44,6 203,0 24,5
6 Polsha   55,3 138,1 3 б.
7 Birlashgan Arab Amirliklari   31,0 118,9 108,0
8 Belarus Respublikasi   50,0 117,8 9,6 б.
9 Ukraina   59,0 95,7 6,9 б.
10 Turkmaniston   13,7 21,7 129,8
11 Tailand   1,0 5,6 -
12 Jami   23 471,2 47 952,3 2 б.

Mazkur jadvaldagi ma'lumotlardan ko‘rinib turibdiki, gilos mevasi eksporti o‘tgan yilning shu davriga qaraganda 2 barobarga oshgan. Demak, joriy yilning 1- iyun holatiga ko‘ra, gilos mevasi sotuvidan mamlakatimizga qariyb 48 million AQSh dollari miqdorida valyuta kiritildi.

Yuqorida keltirilgan raqamlar yanada oshishi mumkin. Boisi, mazkur mevalarning xorijiy mamlakatlarga eksporti davom etmoqda. Biz esa, shirin-shakar mevalarni yetishtirayotgan bog‘bonlarimizga barakasini bersin deymiz.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech