Ayni kunlarda yurtimizning turli hududlarida yetilib pishgan mevalar xorijiy mamlakatlarning savdo rastalaridan o`rin olmoqda.
Shu bois, Davlat statistika qo`mitasining statistik ko`rsatkichlari asosida o`rik mevasining qaysi xorijiy mamlakatlarda eksport qilinayotganiga alohida e`tibor qaratamiz.
Davlat statistika qo`mitasining 2020- yil 1- iyun holatiga ko`ra, eksport qilingan o`rik mahsuloti bo`yicha ma`lumotida jami 11,2 ming tonna 10,9 million AQSh dollariga teng bo`lgan o`rik mevasi 9 ta xorijiy mamlakatlar bozoridan joy olgan. Mazkur mamlakatlar orasida Qozog`iston 6 ming tonna, Rossiya 3,6 ming tonna, Qirg`iz Respublikasi 1,2 ming tonna bilan yuqori ulushga ega bo`ldi. Shuningdek, joriy yilda o`rik mevasi Ozarbayjon, Gruziya va Turkmaniston davlatlari bozorlarida ham sotila boshlanganini ko`rish mumkin.
Eslatib o`tamiz, o`tgan yilning shu davriga nisbatan o`rik mevasining eksporti 1,3 ming tonnaga oshgan.
2020- yil 1- iyun holatiga ko`ra, eksport qilingan o`rik mahsulotining davlatlar kesimi bo`yicha ma`lumot
№ | Davlat nomi | Tonna | Ming AQSh dollari | O`tgan yilning mos davriga nisbatan (%) |
1 | Qozog`iston | 5 984,5 | 4 921,7 | 95,5 |
2 | Rossiya Federatsiyasi | 3 599,5 | 3 477,3 | 151,3 |
3 | Qirg`iz Respublikasi | 1 210,3 | 2 162,6 | 99,9 |
4 | Ukraina | 253,6 | 194,5 | 4 b. |
5 | Ozarbayjon | 91,2 | 84,7 | - |
6 | Belarus Respublikasi | 21,6 | 22,1 | 154,2 |
7 | Turkmaniston | 9,4 | 16,9 | - |
8 | Birlashgan Arab Amirliklari | 4,1 | 10,0 | 5,8 b. |
9 | Gruziya | 18,2 | 8,0 | - |
10 | Jami | 11 192,4 | 10 897,7 | 112,6 |
Davlat statistika qo`mitasi
Axborot xizmati