15/06/2020

So‘nggi yillarda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini isloh qilish, xususan, sohada davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, bozor munosabatlarini keng joriy qilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va sotuvchi subyektlar o‘rtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini mustahkamlash, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni zamonaviy texnikalar bilan ta'minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasini yuritish soha rivojida muhim ahamiyatga ega. Shu yil 15-iyun kuni Davlat statistika qo‘mitasida Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan videoseminarda qishloq xo‘jaligi va ekologiya bo‘yicha statistic ko‘rsatkichlarning shakllanishi va ularning tahlili xususida atroflicha fikr-mulohaza almashildi.

Tadbirda Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati va hududiy statistika boshqarmalari vakillari ishtirok etdi.

Dastlab, ishtirokchilar 2020-yilning 1-iyun kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda davlatimiz rahbari tomonidan statistika tizimini takomillashtirish bo‘yicha berilgan topshiriqlari jrosi bo‘yicha so‘z yuritdi.

Shundan keyin, Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ikramov Agzam Anvardjonovich, Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi boshlig‘I G`ulomov Shovkat Abdurahmonovich mavzu yuzasidan to‘xtalib o‘tdi.

Jumladan, qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat) larining hajmini hisoblash usullari, qishloq xo‘jaligi va ekologiya bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlarning shakllanishi va ularning tahlili bo‘yicha batafsil ma'lumot berildi.

Shuningdek, fermer xo‘jaligi va dehqon xo‘jaligi faoliyatining tanlanma kuzatuv ma'lumotlarini shakllantirish, hosildorlik, yer maydoni, ball boniteti va boshqa qishloq xo‘jaligiga oid ko‘rsatkichlarni hisoblash usullarini takomillashtirish bo‘yicha fikr bildirildi.

Videoseminarda ishtirokchilar sohadagi mavjud kamchiliklarni muhokama qilib, sohani rivojlantirish bo‘yicha fikr-mulohaza almashdi.

 

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech