15/06/2020

Davlat statistika qo‘mitasi va BMTning Bolalar jamg'armasi (UNICEF)ning mas'ul ekspertlari tomonidan Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS)ni o‘tkazish bo‘yicha videoseminar tashkil etildi.

Videoseminarda Davlat statistika qo‘mitasi xodimlari, xalqaro ekspertlar hamda hududiy statistika boshqarmalari vakillari ishtirok etdi. Seminarda MICS kuzatuvini olib borishda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi, bu borada xorijiy tajriba qanday ekani to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Ta’kidlash lozimki, Multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi
“2020–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Shunga ko‘ra, MICS kuzatuvini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish doirasida birqancha tadbirlar rejalashtirilgan.

Mazkur tashkil etilgan tadbirda ham Vazirlar Mahkamasining qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha fikr-mulohaza almashildi.

Videoseminarda MICS bo‘yicha kelgusida amalga oshiriladigan ishlarni tashkil etish, xaritalar ustida ishlash, mahallalarni segmentlarga ajratish qoidalari kabi masalalar bo‘yicha tushuncha berib o‘tildi.

Axborot xizmati

 

 
Tugmani bosing Tinglash GSpeech