11/06/2020

2020- yilning 11- iyun kuni Minsk shahrida MDH Ijroiya qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan videokonferensiyada Davlat statistika qo‘mitasi hamda tegishli vazirlik va idoralar xodimlari ham onlayn tarzda qatnashdi.

Tadbirda ekspertlar guruhi turmush sifati normativlari loyihasini kelishish bo‘yicha fikr-mulohaza almashildi.

Yig‘ilishda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iz, Rossiya, Tojikiston, Moldova va O‘zbekiston vakillari, shuningdek, MDH Ijroiya qo‘mitasining xodimlari ishtirok etdi.

Ma'lumot o‘rnida aytish lozimki, turmush sifati normativlari – MDHga a’zo davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi yuqori standart bo‘lib, u MDH davlatlarining iqtisodiy imkoniyatlariga muvofiq aholining ehtiyojlarini qondirishni ta'minlaydi.

Videokonferensiyada aholi farovonligi va turmush sharoiti statistik ko‘rsatkichlari, turmush sifati normativlari loyihasini davlatlarda kelishish, MDHga a’zo davlatlardan kelib tushgan takliflar muhokama qilindi.

Yurtimizdan Davlat statistika qo‘mitasi, Bosh prokuratura, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati, Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari mavzu bo‘yicha fikr bildirdi.

Yig‘ilishda ishtirokchilarning turmush sifati normativlari loyihasiga berilgan taklif va e'tirozlar bo‘yicha MDHga a’zo davlatlarning kelishilgan holda tutgan o‘rnini belgilash ishlab chiqildi. Qayta ishlangan loyiha MDH Iqtisodiy kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

 

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech