09/06/2020

2020- yilning 9- iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi va Osiyo taraqqiyot banki o`rtasida gender statistikasi bo`yicha masofaviy videokonferensiya o`tkazildi.

Videokonferensiyada mamlakatimizda Osiyo taraqqiyot banki ko`magida gender statistikasini takomillashtirish, jumladan, gender statistikasi sohasidagi xalqaro metodologiya va standartlarni hamda yangi indikatorlarni joriy qilish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tadbirda gender statistikasi bo`yicha ma'lumot to'plash va tahlil qilish usullari, chiquvchi ma'lumotlarning tarqatilishi, materiallarni shakllantirishda foydalanuvchilarning talablarini inobatga olish haqida ham so‘z yuritildi.

Tadbir yakunida shu kabi videokonferensiyalarni kelgusida ham tashkil etishga kelishib olindi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech