09/06/2020

Joriy yilning 27–28- iyun kunlari IT-Park, Jahon banki, YeXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Davlat statistika qo‘mitasi ko‘magida “World AI & Data Challenge” xalqaro tanlovi doirasida onlayn data-hakaton o‘tkaziladi.

Ta’kidlash joizki, World AI & Data Challenge – bu katta ma’lumotlarga ishlov berish texnologiyalari va sun'iy intellekt yordamida global ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishga qaratilgan xalqaro tanlovdir.

AI & Data sohasidagi mutaxassislar ikki kunga ishlab chiquvchilarning mentorlariga aylanishadi va sun’iy intellekt va ma’lumotlarni tahlil qilish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashadi. Shuningdek, ishtirokchilarga muammolarni hal qilish gipotezalarini yarashtirishda yordam beradi va eng yaxshi qatnashuvchilarni MVP-yechimlarini oxiriga yetkazish uchun hamrohlik qiladi.

Hakaton 48 soat davomida onlayn bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilarga rivojlanish uchun xalqaro va mintaqaviy darajadagi 40 ga yaqin masalalar taklif etiladi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston tomonidan tanlovga “Qashshoqlikka qarshi kurash va hayot sifatini yaxshilash” masalasi topshirilgan.

Eng yaxshi ishtirokchilar o‘z yechimlarini xalqaro miqyosda amalga oshirish, o‘qish va pul mukofotlarini olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Tanlov haqida batafsil ma’lumot: https://datamasters.ru/aianddata

Axborot xizmati

 

 
Tugmani bosing Tinglash GSpeech