2022-yilda mamlakatimizda aholini ro‘yxatga olish tadbirlari bo‘lib o‘tadi. Ayni paytda mazkur ro‘yxatga olish ishlarini yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha keng ko‘lamdagi tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Shu o‘rinda aytish joizki, joriy yilda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari – Armaniston, Rossiya, Tojikiston, Ukraina, Qozog‘iston kabi davlatlarda aholini ro‘yxatga olish tadbirlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mazkur aholini ro‘yxatga olish tadbirlarida aholining yoshi, millati, tillarni bilishi, ma'lumoti, yashash sharoitlari, yashash uchun mablag‘lar kabi savollarga javob olinadi.
Hozirda Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan aholini ro‘yxatga olish savolnomasi shakllari va unga kiritilgan savollar ro‘yxati bo‘yicha soha mutaxassislari bilan fikr-mulohaza almashilmoqda.
Muhokamalarda savollarning dolzarbligi, aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha xalqaro tavsiyalarga mos kelishi, ushbu savolnomalar asosida kelajakda olinishi kutilayotgan ma'lumotlar qamrovini baholash kabi masalalar haqida fikr bildirilmoqda.
Axborot xizmati