03/06/2020

Joriy yilning 2­­- iyun kuni Davlat statistika qo‘mitasining Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi xodimlari va tegishli vazirlik hamda idoralar o‘rtasida 2022­- yilda aholini ro‘yxatga olish savolnomasini muhokama qilish yuzasidan vebinar tashkil qilindi.


     

 

 

 

 

Vebinar jarayonida Qo‘mita xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan aholini ro‘yxatga olish savolnomasi shakllari va unga kiritilgan savollar ro‘yxati bilan tanishish, kiritilgan savollarning dolzarbligi va aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha xalqaro tavsiyalarga mos kelishi, ushbu savolnomalar asosida kelajakda olinishi kutilayotgan ma'lumotlar qamrovini baholash kabi masalalar muhokama qilindi.

 

 

Vebinar davomida tegishli vazirlik va idoralar tomonidan aholini ro‘yxatga olish savolnomasiga qo‘shimcha savollar kiritish bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech