1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni. Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun eng beg‘ubor va quvonchli bayram hisoblanadi. Albatta, bola hayot mazmunining ajralmas qismidir. Bolalar o‘z tabassumlari orqali insonlar qalbida hayotga, yashashga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otadi.
Mamlakatimizda ham bolalar bayrami keng nishonlanadi. Butun borliq bolalar tabassumi bilan go‘yoki mo‘jizalar dunyosiga aylanadi.
Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, 2020-yil 1-yanvar holati bo‘yicha yurtimizda 0–14 yoshdagi jami bolalar soni 9 million 870 ming 276 nafarni tashkil etgan. Shundan, 5 million 112 ming 470 nafari o‘g‘il bolalar bo‘lsa, 4 million 757 ming 806 nafari qiz bolalardir.
Respublikamizda 0–14 yoshdagi o‘g‘il-qizlarning 4 million 559 ming 212 nafari shaharda, 5 million 311 ming 64 nafari esa qishloq joylarda istiqomat qiladi.
Davlat statistika qo‘mitasi jamoasi yurtimizdagi barcha bolajonlarni bugungi bayram bilan samimiy muborakbod etadi. Ertangi kun egalari bo‘lgan o‘g‘il-qizlarimiz doimo sog‘-salomat bo‘lsin!
Axborot xizmati