18/05/2020

Davlat statistika  qo‘mitasi va Serbiya statistika boshqarmasi (SORS) o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi doirasida joriy yilning 15-may kuni masofaviy tarzda videokonferensiya o‘tkazildi.

Videokonferensiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad - o‘zaro tajriba almashish, sohaga doir ilg‘or tajribalarni o‘rganish va amaliyotga joriy qilishdan iborat. Kun tartibiga muvofiq, ishtirokchilar Serbiya statistika boshqarmasining Yevropa ittifoqi hududida ilg‘or va namunali deb hisoblangan ma’lumotlarni tarqatish bo`yicha tajribasi, metama’lumotlar tizimi va ochiq ma’lumotlar portal bo‘yicha ilg‘or tajriba bilan tanishdilar.

Shuningdek, tadbir yakunida ikkala tomon uchun dolzarb sohalar bo`yicha shu kabi videokonferensiyalarni kelgusida ham tashkil etishga kelishib olindi.

 

Axborot xizmati