Joriy yilning 12-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi vakillarining Jahon banki ekspertlari bilan masofaviy tarzda videomuloqoti bo‘lib o‘tdi.
Unda “2020–2025-yilda O‘zbekiston Respublikasida statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi” loyihasini amaliyotga joriy etish bo‘yicha tashkiliy tadbirlar ko‘rib chiqildi va kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
Eslatib o‘tamiz: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ko‘rsatmasiga muvofiq, 2019-yil davomida Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan Jahon banki ekspertlarini jalb etgan holda, “2020–2025-yilda O‘zbekiston Respublikasida statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi” loyhasi ishlab chiqilgan. Loyihani ishlab chiqishda respublikadagi masalaga dahldor barcha vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etishgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son farmoni bilan tasdiqlagan, “2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi”da joriy yilning 1-iyuniga qadar Strategiyani qabul qilish yuzasidan me'yoriy hujjat loyihasini ishlab chiqish va hukumatga kiritish vazifasi belgilangan.
Axborot xizmati