Mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi sabab joriy etilgan karantin davrida uyda qolayotgan pensionerlar, boquvchisini yo‘qotganlar, turli guruh nogironlari va kam ta'minlangan oilalarni moddiy, ma'naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga beg‘araz yordam ko‘rsatilmoqda.
Xalqimiz boshiga tushgan sinovli kunlarda Davlat statistika qo‘mitasi rahbar va mutaxassislari ham ehtiyojmand oilalar hamda qo‘mitada ishlagan faxriy xodimlar holidan xabar oldi.
Joriy yil 30-aprel kuni qo‘mita tomonidan 30 dan ortiq oilaga ijtimoiy, moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida xonadonlarga ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari beg‘araz yetkazib berildi.
Ramazon oyida hamda 9-may – Xotira va qadrlash kuni yaqinlashayotgan ayni damlarda bunday sahovatli tadbirlar yurtdoshlarimiz o‘rtasida mehr-muhabbat, Vatanga shukronalik, kasbga fidoyilik, kelajakka umid va ishonch bag‘ishlaydi.
Axborot xizmati