28/08/2020

Joriy yilning 28- avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasida Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi tomonidan vebinar tashkil etildi. Unda qo‘mitaning Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi hamda hududiy statistika boshqarmalari xodimlari qatnashdi.


Vebinarda dastlab, davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati hamda ijrosi haqida so‘z yuritildi.

Shundan so‘ng, hududiy statistika boshqarmalarining Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi bo‘limi xodimlari bilan savol-javob o‘tkazildi.

Savollarga javob berish jarayonida aholi turmush darajasi va kuzatuvlari, hududlar bo’yicha aholi jon boshiga umumiy daromadlar hajmi, mehnat faoliyatidan olingan daromadlar, mol-mulkdan olingan daromadlar xususida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbir so‘nggida, sohadagi yutuq va kamchiliklar muhokama qilinib, ish jarayonidagi unumdorlikni oshirish bo’yicha taklif va tavsiyalar berildi.

Axborot xizmati