26/08/2020

Joriy yilning 26- avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasida Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi boshqarmasi tomonidan vebinar o‘tkazildi. Unda qo‘mitaning Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi boshqarmasi hamda hududiy statistika boshqarmalari xodimlari ishtirok etdi.


Vebinar avvalida Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati hamda ijrosi haqida so‘z yuritildi.

Vebinar davomida hududiy statistika boshqarmalarining Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi bo‘limi xodimlari bilan savol-javob o‘tkazildi.

Shuningdek, tadbirda 2020- yilning yanvar-iyun oyida kichik tadbirkorlikning YaIMdagi ulushi 51,3 % ni, kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga 14,4 birlikni qayd etgani ta’kidlandi. Iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha eng ko'p kichik korxona va mikrofirmalar savdoda 16588 ta, sanoatda 9713 ta, qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligida 8525 ta, qurilishda 3302 ta, yashash va ovqatlanishda 2460 ta, tashish va saqlashda 1148 ta tashkil etilgan.

Tadbir so‘nggida, sohadagi yutuq va kamchiliklar muhokama qilinib, ish jarayonidagi unumdorlikni oshirish bo’yicha taklif va tavsiyalar berildi.

Bu kabi seminarlar grafik asosida barcha xodimlarni qamrab olgan holda davom ettiriladi.

Axborot xizmati