24/08/2020

2020- yilning 24- avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasida Narxlar statistikasi boshqarmasi tomonidan vebinar tashkil etildi. Unda qo‘mitaning Narxlar statistikasi boshqarmasi hamda hududiy statistika boshqarmalari xodimlari qatnashdi.

 

Tadbirda davlatimiz rahbarining PQ-4796 sonli “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati hamda ijrosi haqida so‘z yuritildi.

Vebinar davomida hududiy statistika boshqarmalarining xodimlari savollarga javob berish jarayonida narxlar statistikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘z takliflarini berishdi.

 

Jumladan, hududiy-markaziy dehqon bozorlarida, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari, O’zbekiston Respublikasi iste’mol sektoridagi narxlarning o'zgarishi haqida to‘xtalib otildi. Narxlar statistikasida hisoblash tamoyillarini takomillashtirish bo‘yicha taqdimotlar namoyish qilindi.

Vebinar so‘nggida, narxlar statistikasi sohasidagi yutuq va kamchiliklar muhokama qilinib, ish jarayonidagi unumdorlikni oshirish bo’yicha taklif va tavsiyalar berildi.

Axborot xizmati