21/08/2020

Joriy yilning 21- avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati va ijrosiga bag‘ishlangan vebinar o‘tkazildi.

Tadbirda Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati, ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi mutaxassislari hamda hududiy statistika boshqarmalari xodimlari ishtirok etdi.

Vebinarda qarorda belgilangan – statistika maʼlumotlarining shaffofligi, oshkoraligi va qulayligini oshirishni taʼminlash, Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan dolzarb, sifatli va ishonchli statistikaning shakllantirilishiga koʻmaklashish kabi ishlar samaradaorligini oshirish bo‘yicha fikr-mulohaza almashildi.

Jahon banki koʻmagida ishlab chiqilgan “2020–2025- yillarda Oʻzbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi” xususida batafsil so‘z yuritildi.

Shuningdek, qo‘mita markaziy apparati va hududiy statistika boshqarmalarida ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazishga mas'ul bo‘lgan yangi bo‘linmalar ish faoliyatini yo‘lga qo‘yish va uning vazifalarini belgilash bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

Vebinar davomida aholini ro‘yxatga olishga oid barcha me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Axborot xizmati