Koronavirus pandemiyasi davrida yurtimizdagi barcha turdagi ta'lim muassasalarida masofadan o‘qitish tizimi joriy etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida ham statistika tizimi xodimlari uchun malaka oshirish kurslari masofadan o‘qitish shaklida tashkil etib kelinmoqda.
Institut rahbariyati va professor-o‘qituvchilar tomonidan, Davlat statistika qo‘mitasi bilan kelishilgan holda, masofadan o‘qitish tizimini samarali joriy etish maqsadida turli chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinyapti.
Xususan, masofaviy tarzda o‘tkazilayotgan malaka oshirish o‘quv-kurslari uchun metodik materiallar – ma'ruza matnlari, taqdimot slaydlari, nazorat topshiriqlari hamda test savollari tayyorlandi.
Onlayn darslarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, “2020–2025- yillarda Oʻzbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi” mazmun-mohiyati haqida keng tushuncha berilyapti.
Shuningdek, statistika maʼlumotlarining shaffofligi, oshkoraligi va qulayligini oshirishni taʼminlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilib, o‘quv-metodik materiallar tayyorlash bo‘yicha fikr-mulohaza almashilmoqda.
Masofaviy darslar grafik asosida sohadagi barcha xodimlarni qamrab olgan holda davom ettiriladi.
Axborot xizmati