21/08/2020

2020- yilning 21- avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasida Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati hamda qishloq xo`jaligi va ekologiya statistikasi bo‘yicha bajarilayotgan ishlar yuzasidan navbatdagi vebinar bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda Davlat statistika qo‘mitasining Qishloq xo`jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi hamda hududiy statistika boshqarmalari xodimlari qatnashdi.

Vebinar davomida qishloq xo`jaligi va ekologiya statistikasi bo‘yicha savol-javob o‘tkazildi. Hududiy statistika boshqarmalarining qishloq xo`jaligi va ekologiya statistikasi bo‘limi xodimlari savollarga javob berish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmida dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarining ulushi, chorva mollari va parrandalar bosh soni va boshqa yo‘nalishlarda batafsil ma’lumot berdi.

Qo‘mita markaziy apparat xodimlari soha bo‘yicha qo‘shimcha tushunchalar berib, qishloq xo`jaligi va ekologiya statistikasini hisoblash bo‘yicha fikr-mulohaza bildirdi.

Shuningdek, sohadagi yutuq va kamchiliklar muhokama qilinib, ish jarayonidagi unumdorlikni oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

Axborot xizmati