20/08/2020

Joriy yilning 20- avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasida Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi tomonidan vebinar tashkil etildi. Unda qo‘mitaning Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi hamda hududiy statistika boshqarmalari xodimlari qatnashdi.

Vebinarda Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati hamda ijrosi haqida so‘z yuritildi.

Vebinar davomida hududiy statistika boshqarmalarining Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo‘limi xodimlari bilan savol-javob o‘tkazildi. Savollarga javob berish jarayonida tashqi va ichki savdo statistikasini takomillashtirish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

Jumladan, 2020- yilning yanvar-iyun oylari yakuniga ko‘ra, respublikaning tashqi savdo aylanmasi 15 855,8 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 2019- yilning mos davriga nisbatan 3 528,0 mln. AQSh dollariga yoki 18,2 % ga kamaygani ta’kidlandi.

Tadbir so‘nggida, sohadagi yutuq va kamchiliklar muhokama qilinib, ish jarayonidagi unumdorlikni oshirish bo’yicha taklif va tavsiyalar berildi.

Bu kabi seminarlar grafik asosida joriy yilning 5- sentabrgacha sohadagi barcha xodimlarni qamrab olgan holda davom ettiriladi.

Axborot xizmati