2020- yilning 18- avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasida Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati hamda investitsiyalar va qurilish statistikasi bo’yicha vebinar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Davlat statistika qo‘mitasining investitsiyalar va qurilish statistikasi boshqarmasi hamda hududiy statistika boshqarmalari xodimlari ishtirok etdi.
Vebinar davomida sohaga oid savol-javob o‘tkazildi. Hududiy statistika boshqarmalarining investitsiyalar va qurilish statistikasi bo‘limi xodimlari savollarga javob berish jarayonida asosiy iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha qurilish ishlari statistikasi, qurilish ishlari hajmining tarkibi, qurilish ishlari bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni, asosiy kapitalga investitsiyalar, moliyalashtirish manbalari bo‘yicha hududlar kesimida asosiy kapitalga investitsiyalar bo֥‘yicha ham alohida to‘xtalib o‘tishdi.
Xususan, joriy yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston Respublikasida jami 48 855,2 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur‘ati 2019- yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan 105,7 % ni tashkil etdi. 2020- yilning 1- avgust holatiga ko’ra, qurilish sohasida korxona va tashkilotlar soni 39,1 mingtani tashkil etib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 6,1 mingtaga oshdi.
Tadbir so‘nggida, sohadagi yutuq va kamchiliklar muhokama qilinib, ish jarayonidagi unumdorlikni oshirish bo’yicha taklif va tavsiyalar berildi.
Bu kabi seminarlar grafik asosida joriy yilning 5- sentabrgacha sohadagi barcha xodimlarni qamrab olgan holda davom ettiriladi.
Axborot xizmati