Joriy yilning 17- avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasida davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4796 sonli qarori mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan vebinar tashkil etildi.
Tadbirda Davlat statistika qo‘timasi markaziy apparati hamda hududiy statistika boshqarmalari vakillari ishtirok etdi. Ishtirokchilar Prezident qarori mazmun-mohiyati, ahamiyati, unda belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha fikr-mulohaza bildirdi.
Seminarda Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Zakirov hamda Xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Mamadaliev so‘z yuritdi. Ular Prezident qarori bilan belgilangan milliy statistika tizimining ustuvor yo‘nalishlari, o‘rnatilgan yangi tartiblar, yuklatilgan vazifalar, berilgan yangi huquqlar, shtat birliklari hamda tasdiqlangan hujjatlar haqida ma'lumot berib o‘tdi.
Shuningdek, mazkur qaror bilan tasdiqlangan “2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respubikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi” haqida, undan ko‘zlangan maqsad, erishilishi kutilayotgan natijalar, asosiy ustuvor yo‘nalishlar va har bir vazifaning amalga oshirish bosqichlari haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi.
Bu kabi seminarlar grafik asosida joriy yilning 5- sentabrgacha sohadagi barcha xodimlarini qamrab olgan holda davom ettiriladi.
Axborot xizmati