29/08/2020

1 sentyabr – Mustaqillik kuni mamlakatimiz istiqlolga erishgan, jahon xaritasida yangi, mustaqil va suveren davlat – O`zbekiston Respublikasi paydo bo`lgan, xalqimizning asriy orzu-intilishlari ro`yobga chiqqan buyuk tarixiy sana bo`lib, el-yurtimiz tomonidan eng ulug`, eng aziz bayram sifatida har yili keng nishonlanib kelinadi.

 

Shu munosabat bilan, Davlat statistika qo`mitasi jamoasi barcha vatandoshlarimizni Mustaqilligimizning 29 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi.

Go`zal va betakror mamlakatimizda, har bir oilada xonadonda tinchlik va farovonlik hukm sursin!

O`zbekistonimiz doimo gullab-yashnasin!

Mustaqilligimiz abadiy bo`lsin!

Axborot  xizmati