16/09/2020

Shu yil 16- sentabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida "Ijtimoiy-iqtisodiy sohani rivojlantirishda yangi raqamli texnologiyalar" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy videokonferensiya bo'lib o'tdi.


Tadbir G.V.Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot universiteti huzuridagi Rossiya Federatsiyasi hududlari ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarini rivojlantirish markazi hamkorligida tashkil etildi.

Unda Davlat statistika qo'mitasi markaziy apparati, Kаdrlаr malakasini oshirish vа stаtistik tаdqiqotlаr instituti rahbariyati hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universtiteti vakillari ishtirok etdi.

Videokonferensiyani Rosstat vakillari, Rossiya Federatsiyasi savdo-sanoat palatasi hamda boshqa xorijlik ekspertlar onlayn ravishda kuzatib bordi.

Ishtirokchilar Rossiya Iqtisodiyot universiteti huzuridagi Rossiya Federatsiyasi hududlari ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarini rivojlantirish markazida yaratilgan "Axborot-tahlil portali"ning texnik imkoniyatlari bilan tanishtirildi. Shuningdek, "Raqamli iqtisodiyot loyihalarini baholagan holda blokirovkalash texnologiyasidan foydalanish" mavzusida taqdimot o'tkazildi.

Tadbirda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan ishtirokchilar o'zaro hamkorlikni kengaytirish, "Axborot-tahlil portali"ni takomillashtirish, tajriba va zarur statistik ma'lumotlar almashish bo'yicha kelishuvga erishdi.

Axborot xizmati