15/09/2020

2020- yil 15- sentabr kuni videokonferensaloqa rejimida xalqaro mehnat tashkiloti vakillari va ekspertlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvdan ko'zlangan maqsad – O'zbekistonda milliy ijtimoiy himoya strategiyasini tayyorlash doirasida keng ko'lamli masalalarni muhokama qilish.

Ikki idora vakillari 2022- yilda O'zbekiston Respublikasida aholini ro'yxatga olish, uy xo'jaliklarini tanlab olish metodologiyasini o'tkazish, xavf omillari, yurtimizda qashshoqlik va  aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini hisobga olish, bandlik masalalari, ishchi kuchini monitoring qilish va baholash, ish haqi, shuningdek, iqlim masalalarini muhokama qildi.

Prezidentimizning 2020- yil 3- avgustdagi PQ-4796- sonli qarorida belgilangan milliy statistika strategiyasini amalga oshirish, iqtisodiyotning norasmiy sektorini hisobga olish va boshqa ko'plab masalalar ham uchrashuv kun tartibiga kiritilgan.

Uchrashuv iliq va do'stona ruhda o'tdi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech