11/09/2020

Shu yilning 10- sentabr kuni O‘zbek tili va adabiyoti universitetida Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti va Fanlar akademiyasi hamkorligida “Davlat tilida ish yuritish” amaliy qo‘llanmasi kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Qo‘llanmada tashkilot va muassasalarning ish yuritish faoliyatida qo‘llaniladigan hujjatlar va ularni tuzish tartib-qoidalari bo‘yicha tegishli namunalar keltirilgan,  ish yuritishga oid lug‘atlar aks ettirilgan.

Kitob, boshqaruv faoliyatida bevosita hujjat ustida ishlovchilar, tashkilotlar rahbarlari va xodimlariga ish yuritishda asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi.

Bu qo‘llanmaning to‘qqizinchi to‘ldirilgan va takomillashtirilgan nashri hisoblanib, hozirda 3000 nusxada chop ettirilgan bo‘lsa, adadini yanada ko‘paytirish rejalashtirilayapti. Kitob Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga nashrdan chiqarildi.

Qo‘llanmani respublika taʼlim muassasalariga, vazirliklarga, davlat va xo‘jalik idoralariga, hokimliklarga bepul tarqatish rejalashtirilgan.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech